Yunusobod tumanidagi 43-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida poytaxtimizdagi maktabgacha ta’lim tizimi pedagoglari uchun xorijiy tajribaga asoslangan seminar trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:
➖maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi va o‘yin muhitini tashkil etishning yangicha yondashuvlarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish;
➖maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularning emotsional farovonligini qo‘llab-quvvatlash;
➖maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyat turlari uchun shart-sharoitlar yaratish, xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etishdan iborat.