Bolalarga isitma tushiruvchi dori qachon beriladi?

26.01.2023 23:11
eye icon1257
Bolalarga isitma tushiruvchi dori qachon beriladi?

Sovuq kunlarda bolalar o'rtasida o'tkir respirator virusli kasalliklar(O'RVI)ga chalinish holatlari ko'payishi mumkin.

Shunday ekan, ehtiyotkorlik — muhim shart. Qolaversa, bemor bolalar muolajasi, parvarishi ham o'ta mas'uliyatli jarayon hisoblanadi. Xo'sh, bunday vaziyatda ota-onalar qanday yo'l tutishlari kerak?

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo'lim boshlig'i, tibbiyot fanlari nomzodi Dinara Do'stmuhammedova bu boradagi tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi.

— Isitma, burun bitishi va oqishi, aksirish O'RVIning ilk alomatlaridir, — deydi shifokor. — Odatda, bu holat ikki kun davom etadi. Uchinchi kundan ovoz bo'g'ilishi, yo'tal, mushaklar va bo'g'imlarda og'riqlar paydo bo'lishi mumkin.

Kasallik paytida ishtaha pasayadi, harorat oshganda esa qayt qilish kuzatilishi ehtimoli bor. Bunday vaziyatda uyda bemor bolalarni alohida xonaga yotqizish va xonani tez-tez shamollatib turish lozim.

O'RVIga chalingan o'g'il-qizlarga oz-ozdan, biroq tez-tez suyuqlik ichirish tavsiya etiladi. Oddiy qaynagan suv yoki uyda tayyorlangan meva sharbatlari tomoqdagi yo'tal va  og'riqni yumshatib, tanadan viruslarning tezroq chiqib ketishini ta'minlaydi. Burun va tomoqni tuzli suv bilan chayish ham juda zarur muolaja usulidir.

Lekin ba'zi ota-onalar farzandlarida shamollashning ilk belgilari, masalan, burun oqishi, engil yo'tal, harorat ko'tarilishi kuzatilsa, zudlik bilan “Tez yordam”ga murojaat qilishadi.

Vaholanki, bolalarda yuqori nafas yo'llarining yallig'lanishi kuzatilsa, uy sharoitida ham davolansa bo'ladi. Biroq bu holatga “vaqt o'tib sog'ayib ketadi” deya befarq munosabatda bo'lmaslik ham kerak.

Bola tana harorati 38,5 darajadan oshsa, ovqat emay qo'ysa, kuchli hansirash kuzatilsa, nafas qisishi alomatlari paydo bo'lsa, tinmay yoki ko'p uxlasa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur.

Aslida, tana harorati 38,5 darajagacha ko'tarilishi organizmning kasallikka qarshi kurashayotganidan dalolat beradi. Ya'ni, organizmga infektsiya tushganida isitma ko'tarilishi normal holatdir.

Agar bir yoshgacha bo'lgan bolalarda tana harorati 38,0, bir yoshdan katta o'g'il-qizlarda 38,5 darajadan oshsa, ularga paratsetamol yoki ibuprofen berish tavsiya etiladi. Bu dorini 3 kun qo'llash mumkin. Agar shu vaqt ichida bolaning umumiy ahvolida ijobiy o'zgarish bo'lmasa, darhol oilaviy shifokorga murojaat qilish zarur.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img