Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti dunyoda tug'ilish ko'rsatkichlari sezilarli darajada pasayganiga doir statistikani e'lon qildi. Unga ko'ra, ushbu muammoning kelib chiqishi asosan koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq.
Xususan, kasallikni jilovlash maqsadida qo'llanilgan qat'iy karantin cheklovlari va “lokdaun” qoidalari chaqloqlar dunyoga kelishini keskin kamaytirdi.
Ya'ni bu davrda tibbiyot muassasalarining yuklama bilan ishlashi, homiladorlik davrida xastalikni yuqtirishdan kuchli qo'rquv va iqtisodiy muammolar aksariyat ota-onalarni farzandli bo'lish rejasidan vaqtincha voz kechishga undadi.
JSSTning dastlabki hisob-kitoblariga ko'ra, bu borada Boltiqbo'yi mamlakatlari va Ruminiyada shiddatli pasayish dinamikasi qayd etilib, ko'rsatkichlar mos ravishda 28 va 23 foizni tashkil etdi. Evropa Ittifoqining qolgan davlatlarida esa kamayish holatlari 14 foizga etdi.
Tashkilot ekspertlari xulosasiga ko'ra, koronavirus cheklovlari qancha uzoq davom etsa, bolalar tug'ilishi ham shuncha ozayaveradi.
Shunga qaramay, bu global muammo Shvetsiyani butunlay cheklab o'tgani bejiz emas. Chunki bu erda COVID-19 epidemiyasi u qadar katta talafot va yo'qotishlarni keltirib chiqarmadi. Shu sababli rasmiylar mamlakatda qat'iy karantin choralarini joriy qilmadi.
Binobarin, o'tgan yil davomida Buyuk Britaniyada tug'uruqlar soni 13 foiz, Shotlandiya va Frantsiyada 14 foiz hamda Ispaniyada 23 foizga kamaygan.