7 yoshli qizga zo‘ravonlik qilingani aytilmoqda

22.10.2024 18:31
eye icon41
7 yoshli qizga zo‘ravonlik qilingani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqda o‘ziga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar qilinganini aytayotgan voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur video yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra, ombudsman mazkur holatni o‘rganmoqda.

Aniqlanishicha, 2024-yil 12-oktyabr kuni Qarshi shahrida yashovchi J.D. (ayol) Qashqadaryo viloyati IIBning 102-raqamli telefoniga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i (2021-yildan u bilan birga yashab kelayotgan) B.Q. ayolning 2017-yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani to‘g‘risida xabar bergan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘limi darhol tergovga qadar tekshiruv boshlab, kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini olib bordi. Bolaga nisbatan tegishli sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

"Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda. Ish borishi yuzasidan qo‘shimcha tarzda ma'lumot beriladi", — deyiladi bayonotda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img