Rossiyada 15 yoshli o‘zbekistonlik hamyurtini pichoqladi

22.10.2024 12:13
eye icon28
Rossiyada 15 yoshli o‘zbekistonlik hamyurtini pichoqladi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik 15 yoshli o‘smir 42 yoshli hamyurtini pichoqladi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 19-oktyabr kuni tunda Pravda ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yosh yigit rashk tufayli 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosini pichoq bilan yaralagan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya xodimlari 20 oktyabr Marat ko‘chasida gumonlanuvchini qo‘lga olgan. U jabrlanuvchining 15 yoshli vatandoshi bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak yosh hamyurti – xotinining o‘g‘li bilan til topisha olmagan. Bola esa pichoq bilan hujum qilgan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi xabar berishicha, jinoiy qidiruv xodimlari tunda 15 yoshli o‘zbekistonlik yigitni qo‘lga olgan. U qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda gumon qilinib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga jo‘natilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img