O‘quvchi yetishmasligi sabab o‘qituvchilar oyliksiz qolgan

22.10.2024 09:54
eye icon45
O‘quvchi yetishmasligi sabab o‘qituvchilar oyliksiz qolgan
Ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod tumanida yangi ochilgan maktab xodimlariga oylik berilmayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmarmasi mazkur xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Boshqarmaning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 4-iyuldagi 03-23-905-sonli xatiga asosan "Bo‘ston" MFYda joylashgan Toshkent viloyati pedagogika kolleji binosi tuman maktabgacha va maktab ta'limi tizimiga o‘tkazilgan. Tuman hokimining 2024-yil 17-iyuldagi 208-10-135-Q/24-sonli qarori bilan ushbu binoda 61-sonli umumta'lim maktabi tashkil etilgan. Joriy yilning avgust oyida 24 nafar pedagog xodimlar viloyat va vazirlik tizimidan suhbatdan o‘tkazilib ishga qabul qilingan. Qabul qilingan pedagoglar mazkur maktabda sentyabr oyidan ish boshlashgan.

Boshqarma, shuningdek, ayni paytda ushbu ta'lim muassasasida 149 nafar o‘quvchi ta'lim olayotganini qo‘shimcha qilgan.

"O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining “Umumta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2020-yil 22-iyundagi 3271-sonli qo‘shma qarorining 2-bob 3-bandida “Umumta'lim muassasalarining sinflari o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, quyidagi meyorlar asosida komplektlanadi:

➖shahar hududi va tuman markazlarida 25-35 nafargacha;

➖qishloq hududlarida 20-35 nafargacha (olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta'lim muassasalari bundan mustasno)”ligi belgilangan", — deyiladi bayonotda.

Boshqarma ma'lumotiga ko‘ra, hozirda ushbu maktabning 1-sinfda 12 nafar, 2-sinfda 11 nafar, 3-sinfda 12 nafar, 4-sinfda 9-nafar, 5-sinfida 25 nafar, 6-sinfda 12 nafar, 7-sinfda 13 nafar, 8-sinfda 17 nafar, 9-sinfda 18 nafar, 10-sinfda 11-nafar, 11-sinfda 9 nafar, jami 149 nafar o‘quvchilar mavjud.

Shu sababli, ta'lim muassasasidagi sinflarda o‘quvchilar soni etarli bo‘lmaganligi sababli tuman moliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori talablari asosida sinflarni to‘ldirish so‘ralmoqda. Natijada o‘qituvchilar va boshqa xodimlar sentyabr oyi ish haqi to‘lanishida muammo yuzaga kelgan.

"Ushbu maktabda sinflar to‘liq shakllanmagan bo‘lsada ta'lim muassasasi direktori (F.Usmonova) tomonidan 24 nafar o‘qituvchilarning dars o‘tishlariga ruxsat berilgan", — deyiladi boshqarmaning bayonotida.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img