Sirdaryodagi 27-sonli maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qo‘llariga igna sanchish orqali jazolanayotgani aytilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 1- E sinfning rahbari bo‘lgan Go‘zal ismli o‘qituvchi bolalarga tazyiq o‘tkazib, ularning hojatxonaga boroshiga ham ruxsat bermasdan, sinfxona eshigini berkitib dars o‘tgan, shuningdek, bolalarning qo‘liga igna ham sanchgan. Murojaatchi bu holatga bolalar darsdan keyin bo‘ladigan 50 ming so‘m to‘lovli qo‘shimcha darsga qatnashmagani sabab bo‘lganini aytgan.
Murojaatchi farzandi igna orqali infeksiya yuqtirishidan, uning ruhiy holatidan xavotirda ekanini ma’lum qilgan va vazirlikdan o‘qituvchining harakatlariga huquqiy baho berilishini hamda unga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.