Maktabgacha ta’lim tashkilotida bir kun

10.10.2024 14:18
eye icon215
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bir kun

Olmazor tumanidagi 269-maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘zining ta’lim va tarbiya berishdagi yuksak tajribasi bilan tanilgan. 1988-yilda tashkil topgan muassasa 2018-yilda qayta ta’mirlangan. Bugungi kunda 11 ta guruh mavjud bo'lib, bulardan 8 tasi o'zbek, 3 tasi rus guruhlardir. Muassasa 385 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratgan.

269-MTTda 50 nafar xodim faoliyat olib boradi, ulardan 24 nafari oliy ma’lumotli pedagoglardir. Ushbu pedagoglar bolalarning bilim olish jarayoniga jiddiy yondashib, ularning rivojlanishini muntazam kuzatib borishadi. Bolalar uchun ingliz tili, jismoniy tarbiya va shaxmat-shashka, gimnastika darslari tashkil etilgan bo‘lib, bu darslar orqali ular o‘z bilimlarini boyitishadi. Bundan tashqari, muassasada psixolog va hamshiralar ham faoliyat ko‘rsatib, bolalarning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ini doimiy ravishda nazorat qilishadi.