Endi bog‘chalarda fransuz tili o‘qitiladi

07.10.2024 17:59
eye icon99
Endi bog‘chalarda fransuz tili o‘qitiladi
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etib, fransuz tilida o’qitishni rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishdi.

Sammit doirasida Hilola Umarova Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet bilan uchrashuv o’tkazdi. Ushbu uchrashuv natijasida kelgusi bir yil davomida 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida bepul fransuz tili o’qitish bo’yicha kelishuv imzolandi. Kokoro Lingua bolalar uchun til o’rgatish bo’yicha innovatsion xalqaro kompaniya bo’lib, o’zining zamonaviy o’quv dasturlari va texnologiyalari bilan tanilgan.

Shuningdek, Hilola Umarova France Education International tashkiloti Bosh direktori Olivye Brandui bilan ham uchrashdi. Bu uchrashuv O’zbekistonda fransuz tili o’qitishni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan.

Uchrashuv natijasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

O’zbekistondagi fransuz tili o’qituvchilari malakasini oshirish va trener o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha dasturlarni rivojlantirish.
O’qituvchilar almashuv dasturini yo’lga qo’yish, bu o’qituvchilarga tajriba almashish va o’z bilimlarini oshirishga imkon beradi.
O’zbekistonda fransuz tili testlarini (DELF junior, DALF) joriy qilish.
Ushbu kelishuvlar O’zbekistonda fransuz tili o’qitishni rivojlantirish va o’quvchilarning chet tillarini o’rganish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Bu shuningdek, O’zbekiston va Fransuz Respublikasi o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga hisssa qo’shadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img