Bolalar uchun meva-sabzavotlar - sog’liq garovi

07.10.2024 17:16
eye icon75
Bolalar uchun meva-sabzavotlar - sog’liq garovi
Semizlik - bu nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham xavfli kasalliklarga olib kelishi mumkin bo’lgan muammo. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, nosog’lom turmush tarzi, ayniqsa noto’g’ri ovqatlanish bolalarni semizlikka olib kelishi mumkin.
Bolalarda semirishning sabablari:

Noto’g’ri ovqatlanish: Bolalar ko’pincha shirinlik, gazli ichimliklar, fast-food va boshqa zararli mahsulotlarni ko’p iste’mol qiladilar.
Kam harakatlilik: Bolalar ko’pincha televizor tomosha qilish, kompyuter o’yinlari o’ynash yoki uyda o’tirishga ko’proq vaqt sarflaydilar.
Genetik omillar: Ba’zi bolalar genetik omillar tufayli semirishga moyil bo’lishadi.
Sog’lom ovqatlanish - bolalarni semirishdan saqlashning kaliti:

JSST tavsiyalariga ko’ra, kundalik yog’ iste’moli kattalar rasionidan joy olgan mahsulotlar umumiy quvvatining 30 foizidan oshmasligi kerak. Xususan:
10 foizgacha: to’yingan yog’li kislotalar (yog’li go’sht, sut mahsulotlari, qatiq, sariyog’ va boshqa turdagi yog’lar);
1 foizgacha: sanoat yo’li bilan ishlab chiqarilgan transyog’lar va hayvon yog’lari.
Bundan tashqari, shakar iste’molini cheklash ham sog’liq uchun juda foydali. Shirinlik va boshqa ozuqa mahsulotlari tarkibidagi ham hisobga olingan holda, kunlik shakar iste’molini 25-30 grammdan oshirmaslik tavsiya etiladi.
Shakar o’rniga sifatli uglevodlarni iste’mol qilish foydali. Har bir inson o’z organizmi uchun zarur uglevodlarni, birinchi navbatda, don, sabzavot, meva va dukkakli mahsulotlardan olishi kerak.

Meva-sabzavot iste’molining ahamiyati:
Bolalar uchun meva-sabzavotlar iste’molining ahamiyati juda katta. Ular vitaminlar, minerallar va tolalarga boy bo’lib, ular bolaning o’sishi va rivojlanishi, immunitet tizimini mustahkamlash va semizlikning oldini olishda muhim rol o’ynaydi.

Bolalar va o’smirlar uchun quyidagi miqdorlarda meva-sabzavot iste’mol qilish tavsiya etiladi:
2-5 yosh: kamida 250 gramm;
6-9 yosh: kamida 350 gramm;
10 yosh va undan kattalar: kamida 400 gramm;
Harakatlanish - sog’lom tananing kaliti:
Bolalarning semirishining yana bir sababi - kam harakatlanishdir. Bolalar televizor tomosha qilish, kompyuter o’yinlari o’ynash yoki uyda o’tirishga ko’proq vaqt sarflaydilar.
Bolalarni harakatga undash uchun ularni o’yinlarga, sport mashg’ulotlariga, sayrga chiqishga rag’batlantirish kerak. Har kuni kamida 30 daqiqa harakat qilish bolalar uchun juda muhim.
Sog’lom ovqatlanish va harakatlanish - bolalarni sog’lom va baxtli qilishning eng muhim omillari hisoblanadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img