Hodisa joriy yilning 2-oktyabr kuni Namangan shahri Margʻilon koʻchasida sodir boʻlgan.
5 nafar maktab va texnikum oʻquvchilari tomonidan Gentra avtomobili ijaraga olingan. Voyaga yetmagan yigit mashinani katta tezlikda boshqarib, boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida ikki tomonlama yoʻlni ajratuvchi beton toʻsiqdan oshib qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan Zil rusumli yuk avtomobili bilan toʻqnashgan.
YTHdan soʻng ular zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq haydovchi yoʻldayoq vafot etgan. Jabrlanuvchilarning qolgan 4 nafari ham ogʻir holatda jonlantirish boʻlimida qolmoqda.