"Maktabgacha ta’lim tashkilotida bir kun"

05.10.2024 13:09
eye icon85
"Maktabgacha ta’lim tashkilotida bir kun"
Olmazor tumanidagi 94-maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) o‘zining ta’lim va tarbiya berishdagi yuksak tajribasi bilan tanilgan. 1976-yilda tashkil topgan bu muassasa bugungi kunda 390 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratgan.





94-MTTda 40 nafar xodim faoliyat olib boradi, ulardan 10 nafari oliy ma’lumotli pedagoglardir. Ushbu pedagoglar bolalarning bilim olish jarayoniga jiddiy yondashib, ularning rivojlanishini muntazam kuzatib borishadi. Bolalar uchun ingliz tili, jismoniy tarbiya va musiqa darslari tashkil etilgan bo‘lib, bu darslar orqali ular o‘z bilimlarini boyitishadi. Bundan tashqari, muassasada psixolog va hamshiralar ham faoliyat ko‘rsatib, bolalarning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ini doimiy ravishda nazorat qilishadi.




Muassasada bolalar uchun o‘yin orqali ta’lim berish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Malakali tarbiyachilar tomonidan qiziqarli o‘yin mashg‘ulotlari muntazam tashkil etiladi. Ushbu mashg‘ulotlar bolalarning nafaqat bilim olishiga, balki kelgusi hayotlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni egallashiga ham yordam beradi.





Zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlangan 94-maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarning sog‘lom va intellektual rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Shu bilan birga, bu maskan kelajak avlod tarbiyasiga ulkan hissa qo‘shishda davom etmoqda.


Dilmurod TILOVOV

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img