O‘quvchini formasi yo‘qligi uchun darsdan chiqarib yuborish mumkinmi?

29.09.2024 20:04
eye icon122
O‘quvchini formasi yo‘qligi uchun darsdan chiqarib yuborish mumkinmi?
O‘zbekiston ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni darsdan chiqarib yuborish, ularning huquqlarini buzish sifatida qabul qilinadi. O‘quvchilar darsga kechikish, o‘quv qurollarini olib kelmaslik yoki forma kiyishdagi kamchiliklar sababli darsdan chiqarilmasligi kerak. Ta’lim jarayonida “qonuniylik, demokratik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va hurmat” prinsiplariga amal qilinishi lozim.

Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi 246-sonli buyrug‘iga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalariga muvofiq, o‘qituvchilar o‘quvchilarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsita olmaydi.  Bunga darslardan asossiz chiqarib yuborish yoki “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirishi kiradi.

Shu bois, o‘quvchilarning huquqlari va ta’lim jarayonida hurmat qilinishi muhim ahamiyatga ega.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img