Boshlang‘ich sinfda forma talab etilmaydigan mamlakat

15.09.2022 15:37
eye icon1520
Boshlang'ich sinfda forma talab etilmaydigan mamlakat

Ushbu yurt maktablarida boshqalarda uchramaydigan bir qancha noodatiy qoidalar mavjud. Siz bundan xabardormisiz? Quyida so'z yuritadigan mamlakatimiz — Yaponiya.

  •  Yapon bolalari boshlang'ich sinfdan keyin forma kiyishga o'tishadi.
  •  Har bir yapon o'quvchisi suzishni bilishi shart! Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o'tiladi va ular bu san'atni juda yaxshi egallagan bo'lishlari shart! Sinovdan o'ta olmagan o'quvchi boshqa o'qituvchida qaytadan mashg'ulotlarni o'tab, keyin takroriy sinovdan o'tkaziladi.
  • Maktabda bir o'quvchining o'z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo'l qo'yilmaydi! “Iqtidorsiz o'quvchining o'zi yo'q!” degan tushuncha yapon ta'lim tizimida ustuvor! Yapon maktabi har bir o'quvchini teng va qobiliyatli deb biladi.

 

Internet ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img