O‘quvchini urgan pedagogga nisbatan tergovga qadar tekshiruv boshlandi

25.09.2024 17:00
eye icon88
O‘quvchini urgan pedagogga nisbatan tergovga qadar tekshiruv boshlandi
Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumta’lim maktabda o'qituvchi o'zining birinchi ish kunida o'quvchini urgani aks etgan video tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan 2012-yilda tug'ilgan E.G. ning onasi N.G. Bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, joriy yilning 23-sentyabr kuni mazkur maktabning 6 "V" sinfida rus tili fani darsi vaqtida o‘qituvchi R.O. va uning o‘g'li E.G. o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelganligi, o‘qituvchi bolaning qulog‘idan cho‘zib, qo‘pol harakatlar bilan o‘tirgan partasidan bolani doska oldiga olib chiqqanligi, yuziga tarsaki urib va yoqasidan bo'g'ib, bolani boshini bir necha bor doskaga urganligini bildirgan.

"Bolaning onasi aytgan so'zlarga ko'ra, sinf rahbari ham bolaga bunday zo'ravonlik sodir bo'lganidan xabar topgan bo'lsada, vaziyatni to'liq o'rganmay, bolani eshitmay, xodisaga uning o'zi aybdorligini aytib, butun sinf oldida o'qituvchidan kechirim so'rashga bolani majbur qilgan. Bunday munosabat natijasida, bola hozirda juda tushkun holatda ekanligi va maktabga borishni istamayotganligi bildirib, N.G. farzandining buzilgan huquqlarini himoya qilishni so'radi", — deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.

Bolalar ombudsmanining IIV va MMTV ga so'rovi asosida mazkur holat o'rganilmoqda. Hozirda Chilonzor tumani IIB tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Vaziyat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, o‘qituvchi R.O. sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, lekin u mazkur maktabga ishga qabul qilinganligiga oid buyruq rasman hali chiqmagan bo‘lib, yuqoridagi voqea uning dastlabki ish kunida sodir bo‘lgan. 

"Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik, nomunosib muomalaga yo‘l qo‘yayotgan shaxslar nafaqat lavozimidan yoki vazifasidan ozod etilishi, balki har qanday holatda ham qonun doirasidagi tegishli javobgarlikka tortilishi shart", — deb munosabat bildirilgan Bolalar ombudsmani sahifasida.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img