O‘quvchilarni 27 ming voltlik tok urdi

25.09.2024 12:43
eye icon162
O‘quvchilarni 27 ming voltlik tok urdi
Fargʻona viloyatida 3 nafar maktab oʻquvchilarini 27 ming volt kuchlanishli tok urdi. Bu haqda Zamon informatsion dasturida maʼlum qilindi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 17-sentyabr kuni Fargʻona viloyati Buvayda tumaniga qarashli 1-sonli maktabning ikki nafar 10-sinf va bir nafar 8-sinf oʻquvchilari Uchkoʻprik tumanida joylashgan Qaqir temir yoʻl bekati hududiga kelishgan.
Ular oʻzboshimchalik bilan temiryoʻl izlarini belgilanmagan joyidan kesib oʻtib, taqiqlangan temiryoʻl hududiga kirishgan hamda bekatning 5-yoʻlida turgan bugʻdoy tashuvchi vagonning ustiga chiqib selfi tushishmoqchi boʻlishganida oʻzlarining ehtiyotsizligi oqibatida voyaga yetmagan ikki nafar maktab oʻquvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.

Turli darajada tan jarohati olgan yoshlar tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan. Ikki nafar bemorga ham malakali yordam koʻrsatilib, birinchi bemor bolalar reanimatsiya boʻlimiga oʻtkazildi. Unga elektr tokidan tananing 65 foiz termik kuyishi tashxisi qoʻyilgan.

Ikkinchi bemorda tananing termik elektr tokidan kuyishi va oʻng son suyagi sinishi tashxisi bilan unga ham tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img