"Bloger bolalar"ning otasi jazolandi

24.09.2024 14:23
eye icon100
"Bloger bolalar"ning otasi jazolandi
Farzand ta’lim-tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lgan ota ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb xabar bermoqda Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolalarning avtomobil boshqarib yurgani, bir-biriga sevgi izhor qilayotgani hamda erta ulg'ayib qolgan bolalar obrazlarini namoyish qilgani fuqarolarning e'tirozlariga sabab bo'lgan.

"Farg'ona viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi hamda ushbu bolalar, ularning ota onalari va videoroliklarni tayyorlagan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi. Holat har tomonlama o'rganib chiqilib, bolalarning otasi hamda videorolik tayyorlagan shaxsga nisbatan ma'muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi", — deyiladi Axborot xizmati xabarida.

Oliy Majlisning Bola huqulari bo'yicha vakili — Bolalar ombudsmani mazkur holatga munosabat bildirib, O‘zbekistonda bolalarni ko‘ngilochar sohaga jalb qilish amaliyoti ommaviy avj olmagan bo‘lsada, bolalarni tijorat maqsadlarida mediakontent ishlab chiqarishga jalb qilish holatlari kuzatilayotganini ta'kidlagan.

"Shubhasiz, bu global masala. Butun dunyoda bo‘lgani kabi, afsuski O‘zbekistonda ham ota-onalar farzandlarini ijtimoiy tarmoqlarda ekspluatatsiya qilishi, boladan tijoriy maqsadlarda foydalanish holatlari ortib bormoqda. 

Bolalarning jonli efir, media-kontent yaratilishida ishtirok etishi bo‘yicha roziligi to‘g‘risida gapirish imkonsiz, sababi bolalar shunchaki ota-onalari aytgan narsani qilishadi, va albatta, hozirda internet va ijtimoiy tarmoqlar olamida ulg‘ayar ekanlar, afsuski, bolajonlar bu holatni normal deb qabul qilishadi", — deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.

Shuningdek, bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazuvchi harakatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonunan javobgarlikka tortilishi eslatib o'tilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img