O‘quvchilarning zaharlanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi

23.09.2024 11:55
eye icon67
O‘quvchilarning zaharlanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi
Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktabda sodir bo‘lgan holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari maktab hududidagi filtrlanmagan suv iste’mol qilishi natijasida sog'lig'ida shikoyat qilib, joriy yilning 15-sentyabr kunidan 19-sentyabr kuniga qadar 12 nafar o‘quvchi o‘tkir ichak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan.

Holatni o‘rganayotgan Bolalar ombudsmanining aniqlashicha, hozirda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgan. 

"Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa vositalardan kimyoviy tahlil uchun namunalar olindi", – deyiladi Bolalar ombudsmani Axborot xizmati xabarida. 

Shuningdek, mazkur vaziyat viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan o'rganilmoqda. 

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img