Bankomatdan pul o‘g‘irlagan bola jazolandi

21.09.2024 12:33
eye icon123
Bankomatdan pul o‘g‘irlagan bola jazolandi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida ikki nafar talaba va bir nafar voyaga yetmagan bola tunggi vaqtda bankomatdan jami 177 mln soʻm oʻgʻirlagan.

Sud tergovida maʼlum boʻlishicha, ular bankomatga oʻrnatilgan kuzatuv kamerasiga tushib qolmaslik maqsadida yuzlarini futbolka bilan berkitib, qoʻllariga qoʻlqop kiyib olgan. Shu tariqa ular bankomatni buzib, ichidagi pullarni oʻgʻirlayotgan vaqtda Mirzaobod tumani IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi JIB Mirzaobod tumani sudida koʻrib chiqildi.

Sud hukmiga koʻra, 2 nafar talaba yigit JKning 169-moddasi tegishli qismlari bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Voyaga yetmagan fuqaroga esa shartli jazo tayinlanib, sinov muddati belgilangan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img