O‘quvchi qizga uyatsiz video ko‘rsatgan haydovchi qamaldi

21.09.2024 12:20
eye icon178
O‘quvchi qizga uyatsiz video ko‘rsatgan haydovchi qamaldi
Toshkent viloyatida 6-sinf o‘quvchisiga porno video ko‘rsatgan haydovchi 15 sutka qamoq jazosiga hukm qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni qizning onasi mashinani yo‘lda to‘xtatib, bolani ko‘rsatilgan manzilga olib borishni so‘ragan.

Aniqlik kiritilishicha, 19-sentyabr kuni soat 12:10 atrofida “Uchchinor” mahallasi hududida 6-sinf o‘quvchisining onasi uni “Neksiya” rusumli avtomashinaga chiqarib, haydovchiga qizini manzilga eltib qo'yishini aytadi. Mashina haydovchisi esa yo'lda o'z telefonidan pornografik videolarni ko'rsatadi.

Qiz haydovchining bu ishidan noroziligini bildirib, mashinani to‘xtatishni so‘ragan. Haydovchi esa qizni haqoratlab, uni yo‘l chetiga tushirib yuborgan.

Sud majlisida erkakning bildirishicha, o‘sha kuni bir ayol uni to‘xtatib, qizini “Vodnik” mikrorayoniga olib borishni so‘ragan. U rozi bo'lib, qizni orqa o'rindiqda olib ketgan. Yo'lda haydovchi telefonida behayo videolarni ochib, qizga ko‘rsatgan.

Erkak o‘z qilmishining sababini tushuntirib bera olmagan, lekin pushaymonligini bildirib, yengillik so‘ragan.

Sud erkakni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik) va 189-moddalarida (Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) nazarda tutilgan jinoyatlarda aybdor deb topib, 15 sutka muddatga ma'muriy qamoq jazosini tayinladi. 

Shuningdek, sud unga nisbatan 34 million so‘m  miqdorida jarima belgiladi va Redmi rusumli telefonini musodara qildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img