"Maktabgacha ta'lim tashkilotida bir kun" loyihasi orqali Olmazor tumanidagi 464-maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarning ta'lim-tarbiya olish jarayonlarini o'rgandik.
"Uchar kemacha" nomli 464-son maktabgacha ta'lim tashkiloti 1971-yilda qurilgan bo'lib, 2019-yilda "Obod mahalla" davlat dasturi asosida kapital ta'mirlangan.
360 o'ringa mo'ljallangan ushbu maskanda bolalarning har tomonlama sog'lom ulg'ayishi, kelgusida zarur bilimlarni egallashi va o'z vaqtini maroqli o'tkazishi uchun barcha sharoitlar mavjud.
Xususan, 464-MTTda ingliz tili, jismoniy tarbiya, musiqa darslari yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, tashkilotdagi psixolog hamda defektolog tomonidan bolajonlarning ham ruhan, ham jismonan sog'lom holatda voyaga yetishi ta'minlanmoqda.
Tashkilotda faoliyat yuritayotgan 21 nafar pedagoglarning 16 nafari oliy ma'lumotga ega hamda yurtimizdagi nufuzli oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishmoqda.
"Uchar kemacha" nomli 464-maktabgacha ta'lim tashkilotida pullik xizmat asosida raqs, gimnastika, taekvondo to'garaklari tashkil etilgan bo'lib, unda bolajonlar o'z iste'dodlarini yuzaga chiqarishmoqda.
Bundan tashqari, tashkilot tarbiyalanuvchilari "Ranglar jilosi" ko'rik tanlovining tuman bosqichida 1-o‘rinni egallab, o'zlarining bilim va iqtidorlarini namoyish etishdi.