O‘quvchini darsdan kuch bilan olib chiqib ketganlar sud qilinmoqda

20.09.2024 12:48
eye icon112
O‘quvchini darsdan kuch bilan olib chiqib ketganlar sud qilinmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi maktabda o'quvchi darsdan kuch bilan olib chiqib ketilgani aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holat o‘rganilayotgani haqida ma'lum qildi.

Bolalar ombudsmani Axborot xizmatining Bolalarolami.uz'ga bildirishicha, joriy yilning 5-sentyabr kuni Ellikqal’a tumanidagi 28-maktabning 1-sinf o‘quvchisi X.Y. (o‘g‘il bola)ning onasi S.Sh. dars jarayonini buzgan holda sinfga kirib borib, o‘qituvchi uni to‘xtatishga urinishiga qaramasdan, kuch ishlatib majburan o‘g‘lini sinfdan olib ketgan. 

Holat yuzasidan S.Sh va boshqa shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid tegishli hujjatlar to‘planib, sudga yuborilgan. 

Bugun, 20-sentyabr kuni mazkur ish sudda ko‘rib chiqilmoqda.

"Ushbu vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan bo‘lib, mazkur masala yuzasidan hujjatlar sud tartibida hal qilinishi uchun taqdim etilgan. X.Yo.ning hozirda ta’lim olish huquqi tiklanib, bola maktabda o‘qishini davom ettirmoqda", — deyiladi Axborot xizmati xabarida.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img