Namanganda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingan

20.09.2024 09:52
eye icon56
Namanganda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingan
Ijtimoiy tarmoqlarda To’raqo’rg’on tumanidagi 24 – umumta’lim maktabi o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilinganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, mazkur holat tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan.

Unga ko'ra, muassasada “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani, bir guruh pedagog va texnik xodimlar maktab hovlisida obodonlashtirish ishlarida ko’maklashgani aniqlandi.

Maktab direktori o‘qituvchilarni, umuman, ta’lim tizimidagi xodimlarni o‘z vazifasidan tashqari ishlarga jalb qilmaslik bo‘yicha jiddiy ogohlantirildi.

"Mehnat qonunchiligi doirasida o‘qituvchilarni majburiy mehnat va boshqa jamoat ishlariga jalb etishga yo‘l qo‘ymaslik maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining doimiy diqqat-markazida hamda bu masala jiddiy e’tiborda ekanligi ma’lum qilinadi", — deyiladi Axborot xizmati xabarida.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img