Qarzdor 10 yillik aliment to‘lovini bir yo‘la to‘ladi

18.09.2024 17:19
eye icon9
Qarzdor 10 yillik aliment to‘lovini bir yo‘la to‘ladi

Majburiy ijro byurosi (MIB) axborot xizmatining ma'lum qilishicha, qarzdor F.B. dan undiruvchi N.E. foydasiga voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun qarzdor daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud edi.

Ijro harakatlari davomida qarzdor F.B. aliment toʻlovini muntazam ravishda toʻlab kelganligini ma'lum qilib, farzandining 10 yillik moddiy taʼminoti uchun oldindan toʻlovni amalga oshirish istagini bildirdi. Bo‘lim boshlig‘i M.Safarov ijro hujjati boʻyicha taraflarni chaqirib, ularga qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarni tushuntirdi.

Shundan so‘ng, qarzdor F.B. farzandining 10 yillik moddiy taʼminoti uchun 150 million so‘m miqdoridagi alimentni bir yo‘la to‘lab berdi. Bu orqali farzandining kelgusi 10 yildagi taʼminoti taʼminlandi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin aliment to‘lovi bo‘yicha rekord miqdor 1 milliard 748 million 902 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lib, uch farzandining taʼminoti uchun 2039-yilgacha to‘lanishi belgilangan. Ushbu summa to‘liq undiruvchi tomonidan qabul qilingan.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img