Navoiy viloyati Navbahor tumanida ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 10 million so‘mga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Navbahor tumanida yashovchi K.R. hali chillasi chiqmagan chaqalog‘ini 10 million so‘mga baholagan. Holat DXX viloyat boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan.
Shundan so‘ng K.R. chaqalog‘ini qo‘shni mahalladagi Z.S.ga 10 million so‘mga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Manbaga ko‘ra, hozirda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.