Bolalarni odam savdosidan himoya qilish kuchaytirilmoqda

18.09.2024 10:11
eye icon10
Bolalarni odam savdosidan himoya qilish kuchaytirilmoqda

Bugungi kunda odam savdosiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga qaramay, dunyo bo‘ylab har yili 4,5 milliondan ziyod kishi odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Afsuski, jabrlanganlarning aksariyati xotin-qizlar va bolalardir. Aynan bolalar bu jirkanch jinoyatning eng zaif qatlamlaridan biri bo‘lib, ularni himoya qilish hamisha dolzarb masala bo‘lib kelmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Ushbu loyiha odam savdosiga qarshi kurash choralarini yanada mustahkamlash va bolalar hamda ayollarni himoya qilishga qaratilgan.

Bosh prokurorning o‘rinbosari Svetlana Ortiqova O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi olib borilayotgan choralar haqida to‘xtalar ekan, jinoyatning hamon davom etayotganligi haqida qayg‘urib gapirdi. U ayniqsa, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish zarurligini ta’kidladi, bu esa bolalar va ularning ota-onalari uchun muhim ogohlantirishdir.

Muhokamalar davomida qonun loyihasiga muhim o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgartirishlar orasida, odam savdosi jinoyatini og‘irlashtiruvchi holatlar — homilador ayol va bolalarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo kuchaytirilishi taklif qilindi. Shuningdek, ilgari odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar uchun jiddiy choralar belgilanmoqda.

Qonunning qabul qilinishi odam savdosining oldini olishga va eng asosiysi, bolalar va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga katta yordam beradi. Bu qonun bizning kelajagimiz bo‘lgan bolalarni jinoyatchilikdan himoya qilishda muhim qadam bo‘lishi shubhasiz.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img