Ayol chaqalog‘ini 50 mln so‘mga sotdi

17.09.2024 17:57
eye icon7
Ayol chaqalogʻini 50 mln soʻmga sotdi

Qashqadaryo viloyatida tibbiyot birlashmasida sanitarka sifatida ishlaydigan bir ayol 2024 yil 4 iyun kuni tugʻilgan chaqalogʻini 50 million soʻmga savdolashib, sotishga urindi. Ayolning aytishicha, u eri bilan nikohi yoʻqligi, voyaga yetmagan farzandi borligi va bir oʻzi chaqaloqni boqishga qiynalishi tufayli bu qarorga kelgan.

Xabarga koʻra, ayol chaqalogʻini sotish uchun kelishilgan pullarni 1600 dollar va 30 million soʻm miqdorida olayotganda qoʻlga olingan. Pulga oldindan “Pora-2024” yozuvi yozilib, kimyoviy ishlov berilgan edi. Ayol kelishilgan mablagʻni olayotgan paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlandi.

Ayol sud jarayonida qisman aybiga iqrorlik bildirgan. Sudda bergan ko‘rsatmasida u chaqalogʻini sotish niyati yoʻqligini, balki unga hamkasbi tomonidan tahdid qilinganini ta’kidlagan. Uning soʻzlariga koʻra, hamkasbi uning homiladorligini bilib qolib, chaqaloqni sotishni talab qilgan, va unga qarshi chiqqanida, tahdid qilgan. Ayol chaqalogʻi tugʻilganidan ikki kun oʻtib, tanishi kelishilgan pulni olib kelgan paytda palataga bir nechta notanish shaxs kirib kelib, uning qoʻlidan surtmalar olib, pullarni rasman qayd qilishganini va bu jarayonda u stress holatida boʻlgani uchun nima boʻlayotganini yaxshi tushunmaganini aytgan.

Sud qaroriga koʻra, sanitarka ayolga toʻrt yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bu voqea jamiyatda qizgʻin muhokamalarni keltirib chiqarib, aholida katta e'tibor uygʻotdi. Chaqaloq savdosi kabi jinoyatlar insoniyat qadriyatlariga zid boʻlib, bu kabi holatlarning oldini olish uchun jamoatchilikka kuchli ogohlantirish boʻldi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img