Kech qolgan o‘quvchini tarbiyalash

16.09.2024 15:12
eye icon37
Kech qolgan o‘quvchini tarbiyalash

Har bir o‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilarning vaqtida kelishini kutadi. Ammo hayotda turli vaziyatlar yuz berishi mumkin va ayrim o‘quvchilar darsga kechikadi. Shu paytda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi kerak? Gruziyaning ulug‘ pedagogi Shalva Aleksandrovich Amonashvili bu masalada o‘ziga xos gumanistik yondashuvni namoyon etgan. U darsga kechikib kelgan o‘quvchiga qarab, quyidagi so‘zlarni aytgan: “Bolajonim, keldingmi? Darsga kir, to‘g‘risini aytsam, sensiz darsni boshlash qiyin bo‘lib turgandi. Kelganing yaxshi bo‘libdi”. Bu so‘zlar nafaqat bolaning o‘zini yomon his qilmasligiga, balki uning o‘zini qadrli his qilishiga ham turtki beradi. Amonashvilining pedagogikasi psixologik va ruhiy ta’sir vositasida shaxsiyatni tarbiyalashga asoslangan bo‘lib, bu uslub o‘quvchilarni darslarga o‘z vaqtida kelishga majbur qilmagan, balki ular o‘zlari kechikmaslikka harakat qilishgan.

Shalva Aleksandrovichning ta’limotidagi eng muhim jihat — har bir o‘quvchini individual shaxs sifatida qabul qilish va unga gumanistik yo‘sinda yondashish. U o‘quvchilarning darsga kechikishini bir necha bor kechirgan bo‘lsa-da, ularni urushmasdan, aksincha, psixologik rag‘batlantirish yo‘li bilan tarbiyalagan. Bu yondashuv natijasida o‘quvchilar darslarga hushyor va mas’uliyat bilan yondashganlar.

Amonashvilining pedagogika olamidagi muvaffaqiyatli tajribasi uning shaxsiy maktab davrida ham namoyon bo‘lgan. Garchi u maktab yillarida namunali o‘quvchilar qatoriga kirmagan bo‘lsa-da, Ona tili va adabiyot o‘qituvchisining pedagogik mahorati va sabr-toqati tufayli maktabni a’lo baholarga tamomlagan.

Hurmatli o‘qituvchilar, sizning ham sinfingizda darsga kechikib keladigan o‘quvchilar bo‘lishi mumkin. Ularni qanday usullarda tarbiyalayapsiz? Sizningcha, Amonashvilining gumanistik yondashuvi bugungi zamonaviy ta’lim tizimida qanchalik ahamiyatli? O‘z tajribangiz bilan izohlarda o‘rtoqlashing.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img