4 yoshli E‘zozaxonning Olimpiada xarajatlari kim qopladi?

14.09.2024 18:35
eye icon39
4 yoshli E'zozaxonning Olimpiada xarajatlari kim qopladi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “4 yoshli qizcha ingliz tili bo‘yicha Olimpiadada yutib, xalqaro olimpiadaga yo‘llanma olibti, onasi yordam so‘rayapti” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan O‘zbekiston bolalar tashkiloti rasmiy munosabat bildirdi.

Respublika ochiq olimpiadasida ingliz tili fanidan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 4 yoshli E'zozaxon Sobirovaning xalqaro olimpiadada ishtirok etish imkoniyati haqida xabar tarqaldi. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun E'zozaxon Sobirova o‘zining yoshiga xos iqtidor va bilimini namoyish etdi.

O‘zbekiston bolalar tashkiloti E'zozaxon Sobirovaning xalqaro olimpiadadagi xarajatlarini to‘liq qoplaydi. Tashkilot tomonidan bildirilib aytilishicha, bunday iqtidorli va bilimli bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Tez orada E'zozaxonning ota-onasi bilan aloqaga chiqiladi va bu masalada ijobiy yordam beriladi.

O‘zbekiston bolalar tashkiloti har doim bolalarning muvaffaqiyatini rag‘batlantirib, ularning ilmiy va ijodiy yutuqlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘zining asosiy maqsadi sifatida belgilaydi. E'zozaxon Sobirovaning xalqaro olimpiadadagi ishtiroki ushbu qo‘llab-quvvatlashning yorqin misoli bo‘ldi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img