Xususiy ta‘lim uchun soliq imtiyozlari

14.09.2024 16:34
eye icon127
Xususiy ta'lim uchun soliq imtiyozlari

Bugungi kunda farzandlarning sifatli ta’lim olishi uchun nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari yoki xususiy maktablarga murojaat qilayotgan ota-onalar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Ushbu ta’lim muassasalarida o‘qish pullik bo‘lgani sababli, ba'zi oilalar uchun bu muhim moliyaviy yuk hisoblanadi. Shu munosabat bilan hukumat tomonidan ota-onalarga taqdim etilgan soliq imtiyozlari bu xarajatlarni yengillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Imtiyoz qanday ishlaydi?

Ota-onalar yoki farzand asrab oluvchilar endi nodavlat maktabgacha yoki maktab ta’limi uchun to‘layotgan xarajatlaridan har bir bola uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan qismi daromad solig‘idan ozod qilinadi. Bu degani, ota-onalar ish haqlaridan ushlab qolinadigan daromad solig‘ini kamaytirib, ta'lim xarajatlarini qisqartirishlari mumkin.

Amaliy misol

Masalan, ota yoki ona har oyda 6 million so‘m ish haqi oladi va bu ish haqi bo‘yicha 12% (720 ming so‘m) daromad solig‘i ushlab qolinadi. Agar ota yoki ona farzandi uchun MTTga 2,5 million so‘m miqdorida to‘lov qilsa, ushbu summa daromad solig‘idan ozod etiladi. Natijada, faqat 3,5 million so‘m qolgan qismdan soliq ushlab qolinadi. Shunday qilib, ota yoki ona soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyozni qanday qo‘llash mumkin?

Ota-onalar ushbu imtiyozni qo‘llash uchun ish joyining buxgalteriyasiga har oyda farzandining ta’limi uchun to‘lov qilayotganini ko‘rsatuvchi ariza va to‘lov qog‘ozini taqdim etishlari lozim. Shuningdek, yil yakunida my3.soliq.uz sayti orqali soliq deklaratsiyasini to‘ldirib, shartnoma va to‘lov qog‘ozlarini soliq xizmatiga topshirishlari talab etiladi.

Bu imtiyoz oilalarga farzandlarining ta’limiga sarflanadigan xarajatlarni yengillashtirishga yordam beradi va bolalarning sifatli ta’lim olishiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

 

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img