Chustdagi bolaning o‘limi: haydovchiga jazo qanday?

14.09.2024 12:04
eye icon24
Chustdagi bolaning o‘limi: haydovchiga jazo qanday?
Namangan viloyatining Chust tumanida 14 yoshli Ibrohimjonning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha haydovchi jinoiy javobgarlikka tortildi. 2024-yil 16-iyun kuni sodir bo‘lgan hodisada Ibrohimjon velosipedida uyiga qaytayotgan paytda Malibu avtomobili uni urib yuboradi. Oqibatda bola og‘ir jarohat olib, kasalxonada vafot etadi.


Hodisa sababchisi bo‘lgan haydovchi A.D. mashinani tegishli hujjatlarsiz boshqargan. Dastlab haydovchi bola velosipedni to‘satdan yo‘lga burib yuborganini ta’kidlagan bo‘lsa, bolaning onasi Malibu 130 km/s tezlikda kelganini va avariyadan so‘ng o‘g‘li 3-darajali og‘ir komaga tushib qolganini aytgan.


Chust tuman sudi haydovchi A.D.ni odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasi qoidalarini buzishda aybli deb topib, unga 4-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img