Hali tug‘ilmagan bola yaqinlarining ovozlarini eshitadi

10.07.2022 08:55
eye icon1338
Hali tug'ilmagan bola yaqinlarining ovozlarini eshitadi

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ona qornidagi homila tashqi muhitdagi ovozlarni eshitadi. Rivojlanishning 5-6 haftasida homilada bosh miya shakllanadi, 8-10 haftada esa eshitish analizatorlari paydo bo'ladi. Dastlab, homila ona organizmidagi yurak urishi, tomirlardagi qon harakatini eshitadi. 12-16 haftadan boshlab barcha ovozlarni eshita boshlaydi.

Homiladorlikning 24 haftasidan boshlab, homila onasini va onasi bilan ko'p muloqot qiluvchi insonlarning ovozlarini taniy boshlaydi. Shu bois tug'ilgan chaqaloq ko'plab tovushlar orasidan ota-onasining ovozini ajrata oladi. Ona homiladorlik vaqtida eshitishga odatlangan musiqalar tug'ilgan chaqaloqqa tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, chunki chaqaloq homiladorlik xotirasi bilan dunyoga keladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img