Aliment to‘lamagan ayol qismati

12.09.2024 18:17
eye icon48
Aliment to‘lamagan ayol qismati

Toshkent shahar, Mirobod tumanida bir ayol ikki nafar farzandi uchun aliment to‘lashdan bosh tortgani tufayli 3 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, avval farzandlar onaning qaramog‘ida bo‘lgan, ammo u onalik huquqidan mahrum qilingandan so‘ng, bolalar mehribonlik uyiga joylashtirilgan. Keyinchalik, hokim qarori bilan bolalar otaning qaramog‘iga o‘tkazilgan.


Sud tomonidan ayoldan ikki bola foydasiga aliment undirish qarori chiqarilgan. Ammo qarzdor alimentni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun avvaliga 15 sutkaga qamalgan. Shunga qaramay, u to‘lovlarni amalga oshirmagani bois ikki marta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Onaning aliment to‘lashdan bir necha bor bosh tortishi natijasida, unga nisbatan sud tomonidan 3 yil 3 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi. Ushbu qaror ota-onalik mas’uliyatini bajarmaganlik uchun qattiq jazo belgilangan holatlardan biri bo‘lib, bolalarning ta’minoti uchun aliment to‘lashning qonuniy majburiyati borasida ogohlantiruvchi vosita hisoblanadi.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img