Kambag‘al oilalarga oliy ta’lim grantlari beriladi

11.09.2024 19:04
eye icon39
Kambag‘al oilalarga oliy ta’lim grantlari beriladi
Prezident har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratishni e’lon qildi. Yangi dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Foizsiz ta’lim krediti: Oliy o‘quv yurtlari, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi.

Qo‘shimcha grantlar: Oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda 80 foiz ball to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.

Grantlar: Moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlar yiliga kamida 1 milliard so‘m miqdorida grant e’lon qiladi. Bu grantlar yordamida kambag‘al oila farzandlarining kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishlarini tashkil qilish va ularga har tomonlama ko‘mak berish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img