O‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi?

11.09.2024 11:24
eye icon37
O‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi?
Samarqand viloyatida majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan o‘quvchilar texnologiya darsi doirasida ishlagani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati ma'lumot berdi.

Rasmiylarning ma'lumotiga ko‘ra, holat tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, 19-aprel kuni texnologiya darsida “Kasbim faxrim” to‘garagida “Gulchilik kasbi, issiqxona gullari va dala gullari” mavzusidagi mashg‘ulotlar doirasida o‘quvchilar mikro uchastkaga gul ekmoqchi bo‘lgan. Ular bu ishni o‘z xohishlari bilan bajarganliklarini tushuntirish xatlarida qayd etishgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, pedagoglarning maktab hovlisida obodonlashtirish ishlari bilan shug‘ullanayotganini ko‘rsatgan videolavha 8-avgust kuni olinganini aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, 7-avgust kuni maktabda navbatdan tashqari pedagogik kengash o‘tkazilib, yig‘ilishda maktab direktori obodonlashtirish ishlari uchun xodimlar yordam berishi taklifini bergan. Natijada maktabdagi 50 nafar o‘qituvchidan 12 nafari o‘z xohishlariga ko‘ra obodonlashtirishda ishtirok etgan.

Hozirda holatni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaroni aniqlash va unga nisbatan qonun doirasida choralar ko‘rish masalasi o‘rganilmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img