Bola bog‘chaga 3 kundan ortiq kelmasa...

10.09.2024 15:02
eye icon57
Bola bog'chaga 3 kundan ortiq kelmasa...

Qonunchilikka koʻra, agar bola ketma-ket 3 kundan ortiq muddat davomida bogʻchaga bormasa, bu davr uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi toʻlovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Toʻlovlar bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin holatida boʻlganligi yoki ota-onalardan birining ishdan boʻsh vaqti davrida amalga oshiriladi. Bu holatlarda toʻlanadigan summa bolaning kelmagan kunlari soniga qarab kamayadi.

Agar toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, kelmagan kunlari uchun hisoblangan summa kamaytirilib, keyingi toʻlovdan chiqarib tashlanadi. Shuningdek, ota-onalar tomonidan yozma ariza taqdim etilgan holda bola bogʻchaga qatnashni butunlay toʻxtatgan taqdirda, toʻlov faqat amalda bogʻchaga qatnagan kunlar uchun undiriladi.

Bu qaror ota-onalar uchun moliyaviy yengillik yaratib, bolaning bogʻchaga kelmagan kunlari uchun toʻlovlarning ortiqcha undirilmasligini taʼminlaydi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img