Andijonda o‘quvchidan pul talab qilindi

09.09.2024 18:58
eye icon60
Andijonda o‘quvchidan pul talab qilindi
Bugun, 9-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi bir nechta maktab o‘quvchisining maktabdoshini kaltaklayotgani va undan pul talab qilgani aks etgan video tarqaldi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holatga izoh berib, voqeaning haqiqatdan ham Asaka tumanidagi 34-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida yuz berganini tasdiqladi.

Videoda ko‘rinishicha, bir yigit maktab o‘quvchisini urib, uni qidirgani va nima sabab javob bermaganini so‘ragan. Shuningdek, yigit jabrlanuvchidan 300 ming so‘mni 1 million so‘m qilib qaytarishni talab qilgan va bu uchun unga 10 kun muhlat bergan.

Boshqarma holatni nazoratga olganini, vaziyat o‘rganilayotganini va yakuniy xulosalar e’lon qilinishini ma’lum qildi. Shuningdek, boshqarma yoshlar o‘rtasidagi zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini qattiq qoralashini bildirgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img