Tishlar salomatligi uchun foydali mahsulotlar

09.09.2024 14:32
eye icon99
Tishlar salomatligi uchun foydali mahsulotlar

Sog‘lom tishlar uchun to‘g‘ri ovqatlanish muhim! Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab maktab o‘quvchilarining 60 foizdan 90 foizgacha va kattalarning deyarli 100 foizi tish kariyesidan aziyat chekmoqda.  Bu muammoni hal qilishning bir yo‘li — tishlar uchun foydali mahsulotlarni iste’mol qilishdir.

Qanday mahsulotlar tishlarni mustahkam qiladi?

 Rux (sink) bilan boy mahsulotlar: Baliq, qizil go‘sht, tuxum, yasmiq va yong‘oqlar (bodom va keshyu) tishlar uchun juda foydali. Ular og‘izdan noxush hid chiqishini kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, suv, choy, olma, apelsin va yogurt ham tishlar uchun foydalidir.

 D vitamini: Bu vitamin tishlarni mustahkamlaydi va bakteriyalarga chidamliligini oshiradi. Baliqning yog‘li turlarini iste’mol qilish yoki quyosh nurida bo‘lish orqali D vitaminini olish mumkin.

 S vitamini: Kollagen ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi va milkni himoya qiladi. S vitamini boy mahsulotlar — apelsin, limon, greypfrut, kivi va brokkoli.

 Kalsiyga boy mahsulotlar: Sut, pishloq va yogurt tishlarni mustahkamlaydi. Pishloq tupurik ishlab chiqarishni ko‘paytirib, bakteriyalarga qarshi himoya yaratadi. Shuningdek, ismaloq, no‘xat va brokkolida ham kalsiy mavjud.

 Ko‘k choy: Ko‘k choyda bakteriyalarga qarshi kurashadigan antioksidantlar mavjud. Agar ko‘k choy achchiq tuyulsa, unga limon yoki sut qo‘shib ichish mumkin.

 

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img