Amerikalik o'rta maktab o'quvchisi Zak Yadegari neyron tarmoqlar yordamida fotosuratlar orqali mahsulotlar kaloriyasini hisoblash uchun Cal AI ilovasini ishga tushirdi. Uni hozirda 100 mingdan ortiq odam yuklab olgan.
May oyida loyiha deyarli daromad keltirmayotgan edi, ammo keyin shartnomalar, investorlar va boshqa foydali takliflar kela boshladi.
Zak dars vaqtida aynan o'z startapi yuzasidan qilingan qo'ng'iroqlarga javob berish uchun tashqariga chiqardi, keyinchalik esa maktabga bormay qo'ydi.
U ishlab chiqqan ilovadan foydalanish uchun biror sabzavot, meva yoki yegulikni suratga olish kifoya. Uning idishidan miqdori aniqlanadi va shu ovqat sizga qancha kaloriya berishi haqida ma'lumot chiqariladi.
Ushbu ilovadan foydalanish bepul emas. Ya'ni foydalanuvchilar oylik yoki yillik tariflarni sotib olishlari lozim. Bu orqali Zak hozirgacha (salkam 6 oyda) 1 million dollardan ko'proq pul ishlagan.