Prezidentning PQ-308-son qarori bilan 2030-yilga qadar davlat-xususiy sheriklik loyihalarini rivojlantirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar
tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, mazkur muddatga qadar kamida 30 mlrd AQSH dollari miqdorida xususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadli koʻrsatkichini taʼminlanishi zarur.
Mazkur loyihalar doirasida, jumladan, 2025-yilning 4-choragida Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida 20 000 oʻrinli 100 ta maktabgacha taʼlim muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari rejalashtirilmoqda.
Umumiy qiymati 75 mln AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrini qamrab oladi.