Yangi O‘zbekiston ta‘limidagi muammo

08.09.2024 11:51
eye icon46
Yangi O‘zbekiston ta'limidagi muammo
Yangi Konstitutsiya — eski darsliklar

Yangi O‘zbekiston rivojlanishning turli sohalarida ulkan yutuqlarga erishayotgan bir paytda, ta’lim tizimi ham jamiyatning muhim poydevori sifatida dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ammo o‘qituvchilarning darsliklar bilan bog‘liq muammolari bu sohadagi o‘sishni sekinlashtirayotgandek. Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayevga maktabning huquq fani o‘qituvchisidan kelgan murojaat shu muammolarning biriga yaqqol misol bo‘ldi.

O‘qituvchi Kusherbayevga yuborgan murojaatida huquq darsliklarining eskirganidan shikoyat qilgan. Konstitutsiyaning yangilanganidan keyin ham eski darsliklardan foydalanib kelinmoqda, eng qizig’i o‘quvchilarning ongini eski ma’lumotlar bilan to’ldirishni nima keragi bor? 

O‘qituvchi ta’kidlaganidek, 2023-2024 o‘quv yili davomida eski ma’lumotlar asosida darslar o‘tilgan va 2024-2025 o‘quv yili ham xuddi shu tarzda boshlangan. Yangi darsliklar hozircha yetkazib berilmagan, bu esa Yangi O‘zbekiston bolalari eski qonunchilik normalarini qayta va qayta o’rganayotganini anglatadi.

Huquq fani — kelajak avlodning huquqiy ongi va bilimlarini shakllantiruvchi asosiy fanlardan biri. O‘quvchilar huquqni chuqur bilishi nafaqat shaxsiy hayotlarida, balki jamiyatda ham adolat, qonun ustuvorligi va demokratik qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Ammo eskirgan darsliklar o‘quvchilarni noto‘g‘ri yoki eskirgan ma’lumotlar bilan cheklaydi.

Murojaatda o‘qituvchi yangi darsliklarning kechiktirilishini bepul darsliklar tizimi bilan bog‘lagan. Bu o‘quvchilar uchun darsliklar bepul tarqatilayotganining natijasimi yoki ta’minot tizimining izchil ishlamayotganimi, hozircha noma’lum. Shu bilan birga, darsliklarning ishlab chiqarilishi va maktablarga yetkazib berilishini nazorat qiluvchi tashkilotlarning faoliyati ham savol ostida qolmoqda. O‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar bunday vaziyatda aniq javobni kimdan olishsin? 

Yangi O‘zbekistonda darsliklarni o‘z vaqtida yangilash va tarqatish masalasini kim nazorat qiladi? Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’lim sifatining zamon talablari asosida o‘sib borishini ta’minlash uchun qanday choralar ko‘rmoqda? 

Savollar bisyor, javobni esa mas’ullardan kutamiz.

Dilmurod TILOVOV

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img