Paxta mavsumida bolalar mehnatidan foydalaniladimi?

08.09.2024 11:21
eye icon32
Paxta mavsumida bolalar mehnatidan foydalaniladimi?
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “2024-yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratilishini oʻrganish, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha Milliy monitoringni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” brifing oʻtkazildi.

Brifingda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bir qatorda Xalqaro mehnat tashkiloti, BCI xalqaro nohukumat assotsiatsiyasining Oʻzbekistondagi filiali, Xalqaro kasaba uyushmalari birdamligi uchun Amerika markazi mutasaddilari ham ishtirok etdi. 

Anjumanda mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay barham berilgani taʼkidlandi. Xuddi shu maqsadlarda qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, mavjudlari takomillashtirilgani ham eʼtirof etildi.

“Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik borasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, mana bir necha yildirki, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida paxta yigʻim-terimi davrida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik va terimchilar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrganish yuzasidan Milliy monitoring oʻtkazib kelinmoqda”, — deb yozdi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bu borada.

Brifingda joriy yilgi Milliy monitoring 10-sentyabrdan boshlanib, 31-oktyabrgacha davom etishi maʼlum qilindi. Milliy monitoring davomida kamchiliklar aniqlansa, ularni joyida bartaraf etish choralari koʻrilishi, monitoring yuzasidan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasiga axborot berib borilishi qayd etildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img