Festivalda janjal chiqargan bolalarning ota-onalari jazolandi

07.09.2024 12:32
eye icon41
Festivalda janjal chiqargan bolalarning ota-onalari jazolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida oʻtkazilgan musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzayotganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Joriy yil 6-sentyabr kuni Yunusobod tumanida musiqa festivalining birinchi kuni oʻtkazilgan. Soat 18.00 dan 22.20 larga qadar boʻlib oʻtgan tadbirda koʻplab musiqa ixlosmandlari yigʻilgan.

Xabarda aytilishicha, ular orasida bir necha fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan. IIO xodimlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ularning shaxsi aniqlanib, 5 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasiga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga koʻra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan toʻplangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Shuningdek oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida fuqarolar tan jarohati olganligi haqida xabar kelib tushmagan. Ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan va tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslik soʻraldi.

“Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Tashkil etilgan ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini saqlashni, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarishni soʻraymiz”, – deyiladi xabarda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img