Nogiron bolani parvarish qilganlarga ish staji qo‘shib beriladi

05.09.2024 17:17
eye icon163
Nogiron bolani parvarish qilganlarga ish staji qo‘shib beriladi
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to'g'risida”gi Qonunda 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turish davri pensiyaga chiqishda ish stajiga qo‘shib hisoblanishi belgilangan.

Unga ko'ra, qarab turish vaqti pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga faqat qarab turgan kishiga qo'shib hisoblanadi. Shuningdek, ish staji qarab turishga muhtoj bo‘lgan shaxs bilan birga yashagan shaxslardan biriga ham qo‘shib hisoblanishi mumkin.

Ushbu qarab turish vaqti, fuqaroda umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Agar fuqaroda kamida 7 yil ish staji boʻlmagan taqdirda 18 yoshgacha bolaga qarab turish davri ish stajiga hisoblanmaydi. 

Bunday vaziyatda fuqaroni ijtimoiy himoya qilish, moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida unga “yoshga doir nafaqa” tayinlanadi.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img