"Damas"da 32 bolani olib ketayotgan haydovchi jazolandi

05.09.2024 14:41
eye icon47
"Damas"da 32 bolani olib ketayotgan haydovchi jazolandi
Andijon viloyati Andijon tumanida Damas haydovchisi 32 nafar bolalarni olib, harakatlanib ketayotgan vaqtda Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan to'xtatilgan. Bu haqda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko'ra, “Damas” avtotransport vositasining haydovchisi odam tashish qoidasini buzib, jami 32 nafar bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga olib ketayotgan vaqtida to‘хtatilib, qoidabuzar haydovchiga nisbatan qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

"Shu o‘rinda barcha ota-onalardan farzandlarining taqdiriga befarq qaramasliklarini, haydovchilardan esa belgilangan tartib-qoidalarga doimo amal qilishlarini so‘rab qolamiz!" — deyilgan boshqarma xabarida.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img