Maktablarning bo‘sh yerlariga bog‘cha qurish taklif qilindi

04.09.2024 21:42
eye icon33
Maktablarning bo‘sh yerlariga bog‘cha qurish taklif qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 4-sentyabr kuni maktabgacha taʼlimni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Unda oxirgi yetti yilda maktabgacha taʼlim tizimida qamrov darajasi 27 foizdan 74,6 foizga koʻtarilgani, kelgusi besh yilda buni 80 foizga yetkazish maqsad qilingani taʼkidlandi.

Taqdimotda maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar koʻrib chiqildi.

Jumladan, qamrovni kengaytirish maqsadida maktablarning boʻsh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bogʻcha qurishga ruxsat berish koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan oʻquv-metodik materiallar hamma bogʻchalarda ham toʻliq emasligi va nodavlat muassasalar internet manbalaridan foydalanayotgani qayd etildi. 

Shuning uchun endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytida joylashtirilishi hamda undan bepul foydalanilishi belgilanmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img