Keniyalik Kimani Maruj ismli kishi tarixdagi eng yoshi katta birinchi sinf o'quvchisi hisoblanadi. U 2004-yil 12-yanvar kuni 84 yoshida Keniyadagi maktabning birinchi sinfiga qabul qilingan.
Kimani Maruj kambagʻal oilada tugʻilgan. Shu sababli og'ir sharoitda yashagan Kimanida ta'lim olish imkoniyati yo'q edi.
2003-yilda Keniyada bepul ta'lim olish to'g'risidagi qonun qabul qilinganidan so'ng Kimanining butun umrlik orzusi amalga oshadi. U kitoblar o'qishni, savodli bo'lishni istagandi va 84 yoshga kirgani ham bu orzu yo'lida to'siq bo'lmadi va maktabning birinchi sinfida o'qishni boshladi.
O'zini ijobiy tomondan ko'rsata olgan Kimani Maruj 2005-yilda BMTning Butunjahon sammitida bepul boshlang'ich va o'rta ta'limning ahamiyati mavzusida nutq so'zlaydi.
2009-yil 14-avgust kuni Kimani Maruj 89 yoshida oshqozon saratonidan vafot etadi.
2011-yilning 13-may kuni esa u haqida "Birinchi sinf o'quvchisi" nomli badiiy film namoyish etilgan.
Jamolbek Salomov tayyorladi.