Rossiyada qarovsiz qolgan 14 bola O‘zbekistonga qaytarildi

04.09.2024 08:20
eye icon31
Rossiyada qarovsiz qolgan 14 bola O‘zbekistonga qaytarildi
1-sentyabr kuni xorijda ota-ona qaramogʻisiz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan 14 nafar oʻzbekistonlik bolalar vataniga qaytarib olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Mazkur guruhdagi bolalar Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan Ichki ishlar hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklari masʼul xodimlarining xizmat safarlari doirasida Rossiya Federatsiyasidan Toshkentga olib kelindi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va masʼul tashkilotlar hamkorligida yurtimizga qaytarib olib kelingan bolalar ota-onasi va oʻz yaqinlarining qaramogʻiga qaytariladi. Ularga oʻzlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning oʻzlari va ularning oila aʼzolariga psixologik va huquqiy yordam koʻrsatib borish belgilangan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari hamrohligida xorijiy mamlakatlarda ota-ona qaramogʻisiz qolgan va yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilgan voyaga yetmagan bolalar olib kelinguniga qadar ularni oilalariga qaytarish va jamiyatga ijtimoiylashuvini tashkil etish boʻyicha zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img