2012-yilda internetda tiniq moviy ko‘zli, mayin malla sochli va biroz qoramag‘iz qizaloqning rasmlarini ko‘p uchratgandirsiz. U xuddi qo‘g‘irchoqqa o‘xshardi. Bu jozibali qizaloq Ayra Mari Braun edi.
Qizcha tug‘ilganidanoq go‘zalligi bilan atrofdagilarni maftun etardi, shuningdek, kamera oldida turli kiyimlarni kiyib, suratga tushishni juda yaxshi ko‘rardi. Shunda qizchaning onasi uni modellik agentligidagi kastingga olib boradi va u bilan o‘sha zahoti shartnoma tuziladi. Shunday qilib, kichkina Ayraning karyerasi boshlanadi.
Yetakchi bolalar brendlari o‘z kolleksiyalarida Braun suratga tushish huquqi uchun kurashadi. Eng yosh model esa sartarosh va vizajistning kursisida bir necha soatni sabr-toqat bilan o‘tkazib, barcha fotosuratchilarning ko‘rsatmalariga aniqlik bilan amal qiladi.
Ba’zilar qizchaning go‘zalligiga maftun bo‘lsa, boshqalari uning ota-onasini bolalar mehnatidan boylik orttirishda foydalanayotgani uchun tanqid qilishardi. Shunday qilib, Ayra solyariy (quyosh nurida toblanadigan maxsus jihozlangan ochiq maydoncha)larga qatnay boshlaydi, bu hatto katta yoshli odamlarga ham foyda keltirmaydigan muolaja hisoblanadi. Tabiatan och tusli sochlari yorqinroq ko‘rinishi uchun bo‘yaladi, nozik baxmal terisi esa dekorativ kosmetika qatlamlari bilan qoplanadi.
Ammo qizcha kecha-yu kunduz ishlab, sog‘lig‘iga putur yetkazdi, deyish noto‘g‘ri bo‘lardi. Ayraning onasi doimo qizining to‘g‘ri ovqatlanishini nazorat qilar, masalan, tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklarni iste’mol qilish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi. Bola charchashi bilan unga darhol dam olish imkoniyati berilardi. Va, albatta, hech qanday parhez qo‘llanilmasdi. “Tirik farishta” boshqa bolalar singari taomlanar, hech qanday ozdiruvchi parhezlar qilmasdi.
Tez orada qiz o‘z yosh toifasidagi eng ko‘p maosh oluvchi modelga aylanadi. Ammo vaqt o‘tar, Ayra ulg‘ayib borardi. Uning chehrasi o‘zgarib, taniqli fotograflar ko‘rishni orzu qilgan o‘sha yoqimtoy “tirik Barbi”dan uzoqlashardi. Shunga qaramay, qiz suratga olish maydonchalaridan ajralishni xohlamaydi, shuning uchun maktab darslaridan bo‘sh vaqtini baribir suratga tushish bilan o‘tkazadi.
Hozir hech kim Ayrani “tirik farishta” deb atamasa ham, uning onasi qizini avvalgidek go‘zal deb hisoblaydi. 2024-yilda mallasoch sohibjamol 15 yoshga to‘ladi. Maktab o‘qituvchilari uni muntazam ravishda a’lo baholari uchun maqtashadi, shuningdek, u mustaqil va samimiy inson bo‘lib o‘sib borayotganini ta‘kidlashadi.
Bugungi kunda qiz kelajakda kim bo‘lishini hali aniq bilmaydi. U bir kun kelib podiumga qaytishini va eng mashhur jurnallarning muqovasi uchun suratga tushishini istisno qilmaydi, lekin ayni paytda boshqa kasblarni egallash variantlarini ko‘rib chiqmoqda.