Ayrim ayollarning farzandlari bog‘cha to‘lovidan ozod etiladi
03.09.2024 17:26
139
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra:
— boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning:
— farzandlari davlat bogʻchalariga toʻlanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
— 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bogʻchalarga byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.
— toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bogʻchalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;
— kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar oʻz huzurida bogʻcha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi byudjetdan qoplab beriladi.